22-oktabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda YEXHT va uning Parlament assambleyasi bilan hamkorlikni, jumladan, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Ushbu nufuzli tuzilma bilan aloqalarning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. YEXHT Parlament assambleyasida Oʻzbekistonning doimiy delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda, assambleya vakillari mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish jarayonlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Ekologiya, migratsiya va transport sohalarida konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston vakili assambleyaning Migratsiya boʻyicha maxsus qoʻmitasi tarkibiga kiritilgan.

Xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida yangi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradigan qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.