Bryusselda bölib ötgan xalqaro donorlar konferensiyasi iştirokçilari fevral oyida Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga yordam beriş uçun 7 milliard yevro yiğişdi. Bu miqdor kutilganidan oşib ketdi, dedi Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen. U 20 mart, duşanba kuni bölib ötgan tadbir yakunida natijani «ajoyib» deb atadi.

«Bugun men xalqaro hamjamiyat Turkiya va Suriyadagi qayta quriş sa’y-harakatlarini kuçli qöllab-quvvatlayotganini körişdan juda mamnunman», dedi u 2023 yilning birinçi yarmida Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilayotgan Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson bilan ötkazilgan matbuot anjumanida. 

Avvalroq fon der Lyayyen Turkiyaning tiklanişiga yordam beriş uçun faqatgina Yevropa Komissiyasi 1 milliard yevro ajratişini aytgandi. Yana 108 million yevro, dedi u, qöşni Suriyaga insonparvarlik yordami uçun ketadi. Germaniya har ikki davlatdagi zilzila qurbonlarini qöllab-quvvatlaşni ikki baravar oşirib, 240 million yevroga yetkazadi, dedi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok.

Yevrokomissiya rahbarining sözlariga köra, 6 fevral kuni sodir bölgan zilzilalar Turkiya va Suriyada 50 mingga yaqin odamning hayotiga zomin böldi va bu mintaqadagi sönggi yillardagi eng yirik tabiiy ofatga aylandi.

«Sovuq davom etar ekan, millionlab odamlar uysiz qolib, çodirlarda yaşamoqda», dedi fon der Lyayyen Bryusseldagi konferensiyada. «Biz tiklaniş uçun safarbar bölişimiz kerak. Uylar, maktablar va kasalxonalar eng yuqori seysmik standartlarga mos bölişi kerak. Suv, kanalizatsiya va boşqa muhim infratuzilmani ta’mirlaş kerak. Davlat xizmatlari va korxonalar qayta oçilişi uçun kapitalga muhtoj».

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan konferensiya iştirokçilariga video-aloqa orqali murojaat qilar ekan, zilziladan körilgan zararni 104 milliard AQŞ dollari (taxminan 97 milliard yevro) deb hisoblab, birinçi yilda mamlakatda 319 ming uy qayta qurilişini aytdi. «Heç bir davlat bunday kattalikdagi inqirozni özi yengib öta olmaydi, – dedi u. – Biz barça döstlarimiz uşbu oğir kunlarda körsatgan birdamlikni heç qaçon unutmaymiz».

Reuters xabariga köra, Bryusseldagi konferensiyada 400 ga yaqin xalqaro iştirokçilar – davlatlar, mintaqaviy taşkilotlar va nohukumat guruhlar vakillari iştirok etgan. Suriya va Rossiya rasmiylari taklif qilinmagan.