Google kompaniyasi Bard çatboti işga tuşirilganini e’lon qildi. U OpenAI va Microsoft kompaniyasining şov-şuvli ChatGPT botiga raqobatçi sifatida körilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, hozirça çatbot AQŞ va Buyuk Britaniyaning çeklangan miqdordagi foydalanuvçilari uçun oçiq böladi. Keyinçalik kompaniya bosqiçma-bosqiç foydalanuvçilar doirasini va Bard işlay oladigan tillarni kengaytiradi. Google kompaniyasi Bard qidiruv tizimining örnini bosuvçi emas, balki unga qöşimça ekanini ta’kidlamoqda.
Kuzatuvçilar uzoq vaqtdan beri Google çatboti çiqişini kutayotgan edi. The New York Times naşrining yozişiça, dekabr oyida Google rahbariyati ChatGPT çiqişi munosabati bilan «qizil kod» e’lon qildi. Kompaniya OpenAI va Microsoft ilğor çatboti taxminan 20 yil davomida bozorda hukmronlik qilayotgan Google qidiruv xizmati bilan jiddiy raqobatlaşa olişidan qörqdi. Fevral oyi boşida Google özining Bard çatboti beta-versiyasi imkoniyatlarini namoyiş qildi.
Biroq, sun’iy intellekt foydalanuvçining Jyeyms Uebb kosmik teleskopining kaşfiyoti haqidagi savoliga javob berişda xatoga yöl qöydi. Oqibatda, Google aksiyalari qiymati 8 foizga tuşib ketgan edi.












