ACF International (Korrupsiyaga qarşi kuraş fondining (KQKF) xalqaro nomi) direktorlar kengaşining yangi raisi Mariya Pevçix böladi. Bu haqda Aleksey Navalniy ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Pevçix bungaça KQKF suriştiruv bölimi rahbari bölib işlagan.
«Oxirgi ikki yil davomida olib borgan jamoat işlari uni jonli siyosiy yetakçi sifatida namoyon etdi. Siz uni yaxşi bilasiz va men ham uning vazifalarni a’lo darajada bajara olişiga şubham yöq», deb yozdi Navalniy.
Bungaça KQKF raisi sifatida Leonid Volkov işlagan edi. Ammo 2022 yilda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrelning ofisiga öz hamkasblarini xabardor qilmasdan yuborgan maktubi bilan boğliq mojarodan söng, 9 mart kuni u lavozimini tark etişini ma’lum qildi.
Volkov öz maktubida Borrellga sanksiyalarni bekor qilişning aniq mezonlarini yozişni taklif qilgan. Siyosatçining ta’kidlaşiça, Kreml kursini qöllab-quvvatlamagan köplab işbilarmonlar nohaq jazolangan. Misol tariqasida u «Alfa Grupp» aksiyadorlari Mixail Fridman, Petr Aven, German Xan va Aleksey Kuzmiçevni keltirib, ularni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari röyxatidan çiqarişni taklif qilgan.













