Yevropa Ittifoqi Rossiyaga Ğarb sanksiyalarini çetlab ötişda yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga qarşi savdo çeklovlarini joriy qilişi mumkin. Bu haqda The Telegraph yozdi.

Qayd etilişiça, sanksiyalar Rossiyaga katta miqdorda kir yuviş maşinalari va eskirgan avtomobillarni yetkazib berayotgan davlatlarga taalluqli böladi. Çunki, kir yuviş maşinalar tarkibidagi yarimötkazgiçlar va avtomobil qismlari harbiy sanoatda qöllanişi mumkin.

«Kuzatuvçilar Yevropa Ittifoqi va Kremlning Markaziy Osiyodagi an’anaviy ittifoqçilari örtasida iste’mol tovarlari ayirboşlaş hajmi sezilarli darajada oşganini payqadi. Yangi marşrutlarda faollik 60-80 foizga köpaygan, Rossiya sanksiyalarni çetlab ötişda ulardan foydalanmoqda, degan xavotir bor», deb yozdi naşr.

Yevropa davlatlari Rossiyaga Ğarb çeklovlarini çetlab ötişga yordam beradigan davlatlarga qarşi savdo sanksiyalarini qöllaş rejalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda maxfiy kelişuv hujjati bor, deb ta’kidlaydi naşr. Xususan, YeI uçinçi mamlakatlardagi jismoniy va yuridik şaxslarga ogohlantiriş beriş niyatida.

«Rossiya harbiy va mudofaa-sanoat bazasini moddiy qöllab-quvvatlaş ularning Yevropa Ittifoqi bozoriga çiqişida jiddiy oqibatlarga olib keladi», deyiladi hujjatda.

Şuningdek, unda harbiy va fuqarolik maqsadlarida qöllanişi mumkin bölgan taqiqlangan «ikki maqsadli» texnologiyalarning Rossiyaga eksport qilinişi masalasi ham nazarda tutilyapti.

«Rasmiylarning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqidan Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston kabi davlatlarga eksport qilinadigan tovarlar orasida asosan kir yuviş maşinalari, eski maşinalar va fotoapparatlar bor», deb yozdi naşr.

Yevropa Ittifoqi vakillarining sözlariga köra, köplab tovarlar qismlarga ajratilib, yarimötkazgiçlar va ulardan olingan boşqa komponentlar Ukrainada zarar körgan Rossiya tanklari, zirhli texnikalari va dronlarini ta’mirlaş uçun foydalanilayotganidan xavotirlar bor.

Yuqori martabali diplomatik manbaning anonimlik şarti bilan The Telegraph naşriga aytişiça, Yevropa davlatlaridan tovarlarning reeksporti sanksiyalar tuzilmasini sezilarli darajada buzadi. Şuningdek, avvalo Yevropa Ittifoqi vakillari mumkin bölgan oqibatlardan ogohlantiriş maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qator muzokaralar olib borişni rejalaştirgan.