Xorazm viloyati Urganç şahrida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya özimizniki” şiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça tarğibot tadbiri bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Jahongir Poziljonov hamda 2 mingdan ortiq faol yoşlar iştirok etdi.

Bayram konsert dasturi formatida ötkazilgan tadbirda san’atkorlar, xorazmlik taniqli şaxslar çiqiş qilib, viloyat aholisini şu yilning 30 aprel kuni bölib ötadigan referendumda faol bölişga va iştirok etişga çaqirişdi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça tarğibot tadbirlari respublikaning barça hududlarida ötkazilişi rejalaştirilgan.