«Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi qonun 16 va 18-moddalariga, Saylov kodeksining 16-moddasiga, Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 13 iyuldagi 1178-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida referendum uçastkalari hamda referendum ötkazuvçi uçastka komissiyalarini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga asosan hamda Taşqi işlar vazirligining taqdimnomasiga muvofiq Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida referendum uçastkalari tuziladi.
Uşbu qonun talablaridan kelib çiqib, Markaziy saylov komissiyasi majlisida Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uçastkasini tuziş töğrisida qaror qabul qilindi va hamda mazkur referendum uçastkalarini 14-Toşkent şahar referendum okrugiga biriktirildi.
Majlisda Taşqi işlar vazirligining taqdimnomasiga asosan 2023 yil 30 aprelda bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi referendumida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan qatnaşadigan kuzatuvçilarni akkreditatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilindi.













