“UI GreenMetric World University Rankings” xalqaro reyting tizimi dunyo universitetlarining energiya tejamkorligi va “Yaşil rivojlaniş” borasida reyting natijalarini e’lon qildi. Unga köra, ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti 80 dan ortiq davlatlarning nufuzli universitetlari orasidan 638-örinni egalladi.
Sönggi yillarda, Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalari hamda energiyalardan keng foydalaniş, xususan Oliy ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvçi energiya resurslarini keng joriy etiş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur yönalişda butun dunyo böylab oliy ta’lim muassasalarida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar va ularning natijalarini baholab boriş orqali universitetlarning xalqaro reytingi şakllantiriladi.

“UI GreenMetric World University Rankings” yangi ğoyalar va innovatsiyalarni ilgari suriş hamda rivojlantiriş orqali energiya va yaşil rivojlantirişga qaratilgan xalqaro reyting hisoblanadi. Uşbu xalqaro reyting 6 mezon böyiça 39 körsatkiç orqali universitetlarning ekologik va energiya tejamkorligi yuzasidan taşabbuslarini baholaydi.
Uşbu nufuzli xalqaro reyting tizimi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida energiya tejamkorligi va “Yaşil rivojlaniş” borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar örganib çiqilib, yuqori darajada baholandi.
Reklama huquqi asosida















