Joriy yil 8 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, özida 8 dan ortiq sport turlari bilan şuğullaniş imkoniyatini mujassam etgan, barça zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Bölib ötgan marosimda Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, Özbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyuşmasi vakillari, soha taşkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sport ustalari iştirok etişdi.

Universitetda ta’lim bilan birgalikda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, sportni ham har tomonlama qöllab-quvvatlaş uçun zamonaviy şaroitlar yaratiş maqsadida işga tuşirilgan mazkur sport inşooti ilğor arxitektura yeçimlari va energiya tejovçi texnologiyalarni qöllagan holda turk muhandislarining konstruksiya loyihasi asosida barpo etilgan bölib, bir vaqtning özida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yuguriş, fitnes va kuraş kabi turlari bilan maşğulot ötkaziş imkoniyatiga hamda avtonom isitiş tizimiga ega 2620 kv m maydonni öz içiga oladi.

Sport majmuasida örnatilgan zamonaviy tasvirga oliş vositalari orqali ötkaziladigan musobaqalarni töğridan-töğri YouTube platformasida onlayn translatsiya qiliş imkoniyati mavjudligi esa uşbu majmua nufuzini yanada oşirişi şubhasiz.

Zero Prezidentimiz tomonidan yoşlar ma’naviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusning ikkinçisi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yönaltirilgan bölib, unda yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş közda tutilgani bejizga emas.

Şuningdek, kötarinki ruhda ötgan marosim doirasida har yili Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvçi soha muassasalarining xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar örtasida ötkaziladigan sportning mini futbol turi böyiça soha “köçma Kubogi” musobaqasiga ham start berildi.
















