Yoş onalarni eng köp qiynaydigan muammolardan biri - çaqaloqning tunda uxlamasligi. Ayrim çaqaloqlarda bu holat kamdan kam uçrasa, ba’zilarida tez-tez, ayrimlarida esa muttasil kuzatiladi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Ularning içida uxlamay öynab yuradiganlari ham, tinimsiz yiğlaydiganlari ham bor. Tungi bedorliklar ota-onani, ayniqsa, onalarni holdan toydiradi. Asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
Kun.uz mutaxassislar bilan bolaning uxlamasligi sabablari, bunday vaziyatda onalarning qanday yöl tutişi lozimligi haqida suhbatlaşdi.
“Bolalar nevropatologi sifatida menga bolalar uyqusizligi masalasida juda köp murojaat qilişadi. Deyarli 99 foiz onalarimizning söroği şu: bolam keçasi bilan çirillab yiğlab çiqadi, “çerepnoyi” oşib ketmadimikan…” deydi bolalar nevropatologi Zohidjon Ismoilov.
“Qaynona-kelin kelişmovçiliklari, oiladagi har xil psixologik muammolar homilaga salbiy ta’sir qiladi. Homiladorlik vaqtida onaning psixologiyasida bölgan özgarişlar, qörquv hissi bolaga ham ötadi. Birinçi omil mana şu.
Keyingi asosiy sabablardan biri, gödakka mobil aloqa vositalarini berib qöyiş. Ba’zi onalar özining yumuşlarini bajarib oliş maqsadida bolasi tinç ötirişi uçun telefon berişadi. Bola kuni bilan telefonda ötiradi.
Har xil yuguradigan, baqiradigan multfilm qahramonlarini köradi. Kuni bilan miya çarçaydi. Nerv tolalari taranglaşadi va öz-özidan tunda uyqu holati buziladi.
Kökrak suti bilan oziqlanadigan bolalarning uxlamay tuni bilan yiğlab çiqişiga onasi iste’mol qilgan yeguliklar ham ta’sir qiladi. Bolam uxlamayapti, deb kelgan onalardan sörayman, boşingiz oğrisa yoki qorningiz sançib tursa, siz özingiz uxlolasizmi?
Katta odam ayta oladi, lekin çaqaloq tuşuntirib berolmaydi-ku. Bolalarda qorin oğrişi ham uyqu buzilişining asosiy sabablaridan biri. Yana bir jihati, bugungi kunda tabiiy mahsulotlarni topiş amrimahol. Har bir ozuqamizda kimyoviy moddalar bor”, deydi Zohidjon Ismoilov.
Homilador ayollar va emizikli onalarga vitamin böladi, deb köproq meva iste’mol qiliş tavsiya etiladi. Ammo nevropatolog ta’kidlaganidek, hozirgi mevalarga kimyoviy işlov beriladi. Bu esa bolada tabiiy rivojlanişning buzilişiga olib keladi.
Moddalar almaşinuv jarayoni izdan çiqadi. Organizmda uyquni boşqaradigan gormonlar işi ham buziladi. Bu ham bolalarning uxlamasligiga sabab böladi. Mutaxassis yuqorida sanab ötgan holatlar tabiiy turmuş tarzida uyqu buzilişiga olib keladigan sabablar edi. Bundan taşqari uyqu buzilişining patologik holatlari ham mavjud.
Mavzuga oid
Ba’zi bolalar uxlamay öynab yuradi, ba’zilari injiqlik qilib yiğlaydi. Bu ikkalasi ikki xil holat bölib, şifokor bolaning özini körib, onasi bilan suhbatlaşib, asl sababini aniqlaşi mumkin.
Ona ruhiyatidagi buzilişlar bolaga bevosita ta’sir qiladi. Psixolog Şahnoza Jumaqulovaning sözlariga köra, bunday holatlar juda köp kuzatiladi.
“Uyqu bu hayotiy sikldir. Uyqu vaqtida inson miyasi kun davomidagi olingan ma’lumotlarni qayta işlaydi. Miyadagi neyronlar faoliyati yangilanadi.
Bolalarda esa bu holatda, asosiy aqliy funksional jarayon rivojlanadi. Ya’ni bunda, fikrlaşi, xotirasi, nutqi, ösiş faoliyatiga katta ta’siri böladi.
Yaxşi, tölaqonli uyqudan keyin, inson özini tetik va xotirjam his qiladi. Bolajonlarimizga ham etibor bersak, töyib öz vaqtida bitta rejimda uxlab turgan bola, huşçaqçaq, öyinqaroq, şodon va xotirjam kayfiyatda böladi. Uyquga töyib turgan bolajonlar jilmayib uyğonişadi. Ayniqsa yaqinlarini körişganida.
Töyingan uyquga organizmdagi miya, göyoki yangi malumotlarni atrofdan olişga sayqallaşga tayyor böladi.
Uyquning öz vaqtida organizmga yetişmasligi va uyqu siklining buzilişi “kognitiv” faollikni pasaytiradi. Bu holat, bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanişiga salbiy ta’sir qiladi.
Natijada esa bola, yangi könikmalarni egallaşga tayyor bölmaydi. Uyqu buzilişidagi sabablarni ikki toifaga bölişimiz mumkin: fiziologik hamda psixologik.
Fiziologik, ya’ni organik kasalliklarning sababçi bölişi va harakatlanuvçanlikning buzilişi.
Psixologik, bunda stress, depressiya holatlari hamda kuçli ruhiy zöriqiş oqibatlarining ta’siri.
Agar bolada heç qanday kasalliklar alomati bölmasa, ovqatlanişi va oşqozon hazm qiliş funksiyasi normada bölib, harakatlarida öta sustlik yoki juda tezlik bölsa, demak uyqu buzilişi sabablari psixikasi bilan boğliq bölişi mumkin.
Çunki bolalar kattalarga nisbatan, uyqusi buzilişiga moyilroq bölişadi. Ularda atrofdagi voqea hodisalarga ta’sirçanlik kuçli böladi. Kattalar vaziyatga bosiqlik va fakt bilan real qaraydigan bölsa, bola bölayotgan hodisalarni töğridan töğri, hayajon, qörquv, xavotir va hissiyot bilan qabul qiladi.
Bola psixikasida hali himoya mexanizmlari töliq şakllanmagan böladi.
Boladagi uyqu buzilişi undagi ruhiy özgarişlarning alomatlari ham bölişi mumkin. Onaning ruhiyati xotirjam bölmasa, uyqu buzilişi, stress, jahldor holatda bölsa, öz-özidan bolaga ta’sir qiladi. Misol uçun, asabiy kelinlarning emizikli bolasi ham asabiy böladi.
Çunki bolaga sutdan ötadi. Ona qanday holatda bölsa, bola ham şunday böladi. Ön tört yoşgaça bölgan bolalarning psixologik holatini yaxşilaş uçun psixologlar, albatta, bolaning onasi bilan işlaydi. Negaki onaning psixologik, ruhiy holati bolada namoyon böladi.
Agar bu bola haqiqatan fiziologik soğlom bola bölsa, ruhiy keçinmasi ona orqali ötadi. Yoki oilaviy holatlar, kattalarning kelişmovçiligi... Bola uxlaganda kun davomida boşidan ötkazgan, körgan-keçirgan voqealari miyasida aks etadi. Salbiy keçinmalar, ruhiy zöriqiş bolaning uyqusi buzilişiga olib keladi”, deydi psixolog Jumaqulova.
Onaning bolasiga bölgan e’tiborsizligi ham ruhiy zöriqişga olib kelişi mumkin. Misol uçun, işga erta ketib, keç qaytadigan, kun davomida farzandi bilan suhbatlaşmaydigan, bolasini “xodinokka” solib qöyib, uy yumuşlarini bajarib yuradigan onalarning farzandlari ham onasi bilan yetarliça birga bölmagani, mehriga töymagani sabab ruhiy zöriqişga uçraydi.
Töqqiz farzandni voyaga yetkazgan Maston ayaning sözlariga köra, onaxon farzandlari biror marta keçasi uxlamay yiğlaganini, uxlatiş uçun dori berganini eslay olmas ekan.
“Bizning davrimizda doktorlar ham dorilar ham bugungidek köp emasdi. Bola kötarib şifoxonaga borganimni ham eslolmayman. Ona qornidan taşqariga çiqqanidan söng, bolaning könikişiga, moslaşişiga vaqt ketadi. Qorni dam böladi, yiğlaydi, uyqusi buziladi. Moy surkab, massaj qilib tursanglar içi yaxşi yurişadi, bolayam bezovta bölmaydi, derdi bizdan kattalar. Qirq kun çillamda yaxşi qarardim. Har kun qorinçalarini avaylabgina massaj qilib, köp-köp emizardim. Şu bilan katta farzandlarim qölma-qöl qilib, bolalarim katta bölib ketaverişgan”, deydi onaxon.
Albatta, töqson yoşli onaxon yaşagan vaqt bilan hozirni soliştirib bölmaydi. Ekologiya ham, oziq-ovqat mahsulotlari ham avvalgidek emas. Bugungi odamlarning ham asablari avvalgilarnikidek mustahkam emas. Biroq ularning tajribasidan foydalaniş, bolalarni imkon qadar tabiiy yöllar bilan uxlatiş maqsadga muvofiq.
Tinç uxlaşi uçun mutaxassislar bola uyqusini tartibga solişni (bir vaqtda uxlatib, bir vaqtda uyğotiş), uyqu oldi aktiv öyinlardan uzoqlaştirib, sokin, stol öyinlari öynatişni, telefon gadjetlardan foydalantirmaslikni, qörqinçli kino va multfilmlar körsatmaslikni maslahat berişadi.
Şuningdek, bolangizni uxlatişga alohida vaqt ajrating. Uyqu oldidan peşona, boş qismini yengilgina silaş bolani tinçlantiradi. Hali çaqaloq bölsa ham, unga ertak, alla aytib bering. Bolangiz sizning ruhiy holatingiz sokin ekanligini, mehringizni his etsin. Tuşunmaydi deb öylamang, u sizni his qila olişini unutmang!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi