«Mening yurtim» telekanali ötkazgan suriştiruvga köra, aslida «Ilm şu’lasi» MÇJga biriktirilgan hudud maydoni 1 gektar. Ammo bozor ma’muriyati 7 yildirki hududga tutaş va özgaga tegişli bölgan 9,7 sotix yer maydoniga ham noqonuniy ravişda dökonlar qurib, foydalanib kelmoqda.
Iş 2020 yil 12 noyabrda fuqarolik işlari böyiça Zangiota tuman sudi tomonidan körib çiqilgan. Sudning hal qiluv qarori bilan yer maydonini asl egasiga qaytariş belgilangan. Bozor ma’muriyati sud qaroridan norozi bölib, fuqarolik işlari böyiça viloyat sudi, keyin esa Oliy sudga ariza kiritgan. Lekin ikkala instansiya ham avvalgi sud qarorini özgarişsiz qoldirgan. Ya’ni 9,7 sotix yer maydoni xususiy mulk ekanini va unda bozor ma’muriyatining zarraça haqqi yöqligini e’tirof etgan.
Oradan 2 yildan ortiq vaqt ötganiga qaramay, MIB yerni öz egasiga qaytarib olib berolmayapti. Töğriroği, bozor ma’muriyatiga MIBning «tişi ötmayapti». Öz mulkidan foydalana olmayotgan yer egasining işonçli vakili esa bu muddatda MIBga qatnaş bilan ovora.
«Har bir sud qarorini ijro etuvçi holatni örganib, hal qilgunça vaqt ketadi. MIB tomonidan hujjatda texnik xato bölgani uçun yana 6 oy sudma-sud yurişgatöğrikeldi. Mana, oxiri bir töxtamga kelindi. Yana qança yozişadi, yana qança sarson qilişadi, bilmadim», — deya ta’kidlagan yer egasining işonçli vakili.
MIB xodimi esa qaror ijrosi ta’minlanmaganiga sabab qilib “ijro harakatlari jarayonida «Ilm şu’lasi» MÇJ rahbariyatidan biror bir vakil kelmagani tufayli hujjat almaşinuviga imkon bölmagani”ni körsatgan.
Ta’kidlanişiça, birovning mulki bölgan qariyb 10 sotix yerga noqonuniy ravişda 22 ta dökon qurilgan. Şulardan faqat bittasi MIB tomonidan haqiqiy mulkdor egaligiga qaytarilgan hamda qonuniy ravişda 3 tomonlama şartnoma asosida faoliyat yuritmoqda. MIB tomonidan taqiq qöyilişiga qaramasdan, yil boşidan MÇJ mas’ullari 16 nafar tadbirkor bilan şartnoma tuzgan. Ikki örtada sarson bölayotgan mulk egasi nomiga esa 50 mln sömga yaqin soliq qarzdorligi çiqqan.
Eslatib ötamiz, 2023 yilning 10 mart kuni MIB Toşkent viloyati boşqarmasiga boşliq, 11 mart kuni esa MIBga direktor tayinlandi







