Kun.uz oldinroq Toşkent şahar hokimligi va “Xisorak Beşyoğoç” MÇJ örtasidagi işni yoritgandi. 12 yillik “tarix”ga ega mazkur iş hokimlikning 2011 yil 29 iyundagi 373-sonli qarori bilan Çilonzor tumanida joylaşgan, “Xisorak Beşyoğoç” MÇJga tegişli 6699 m² bino-inşootlar salkam 3 gektar yer maydoni bilan davlat ehtiyojlari uçun olinganidan boşlangan. Oradan şunça vaqt ötişiga qaramay, hokimlik tomonidan “Xisorak Beşyoğoç” MÇJga kompensatsiya berilmagan.

Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 3 fevraldagi hal qiluv qarori bilan Toşkent şahar hokimligidan mulkdor foydasiga 88 mlrd 566 mln söm kompensatsiya undiriş belgilangan. Mazkur iş 2022 yil 14 mart kuni appelyatsiya instansiyasi sudida, 21 sentabr kuni esa kassatsiya şikoyati asosida Oliy sudning iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’atida  körilib, hal qiluv qarori özgarişsiz qoldirilgan.

2022 yil 4 aprel kuni MIB tomonidan ijro işi qözğatilgan. Ijro işi respublika MIB Markaziy apparati iş yurituvida. Ammo MIBning mazkur işga munosabati deyarli nolga teng.

Mazkur masalada tadbirkor Akbar Sulaymonov Kun.uz’ga intervyu berdi. Tadbirkorga köra, Toşkent şahar hokimligining qarzdorlikni qoplab bermayotganligi prezident qarori bilan Sirdaryo tumanida amalga oşirilayotgan boşqa yirik loyihaga ta’sir qilmoqda. 

“2011 yilda Beşyoğoçda joylaşgan salqin içimliklar quyiş zavodimiz Toşkent şahar hokimining qarori bilan buzilgan. Qarorda körsatilgan kompensatsiya masalasi to bugungi kungaça hal qilinmadi. Bu masala köp marotaba kötarilgan, sudlarda körilgan. Lekin sud qarori bilan belgilab berilgan 88,5 mlrd sömlik kompensatsiya pullari tölab berilmayapti. Bu öz navbatida bizga prezident qarorida körsatilgan boşqa bir loyihani amalga oşirişda qiyinçilik tuğdiryapti.

Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi qarori bilan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida şişa idişlar işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş tasdiqlangan. Mazkur loyihani amalga oşiriş bizga yuklatilgan. Yiliga 201 mln dona şişa idiş işlab çiqariladigan uşbu zavod Özbekiston uçun juda muhim hisoblanadi. Zavod dastur böyiça 2023 yilning birinçi çoragida işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Hozirda Xitoydan texnologiyalarni keltiriş jarayoni boşlangan. Lekin bu yerdagi quriliş-montaj işlari qiyinçilik tuğdiryapti. Bu işlarni öz vaqtida yakunlaş uçun 80 mlrd söm atrofida mablağ talab qilinmoqda. Agar Toşkent şahar hokimligi bizga tegişli bölgan 88,5 mlrd sömlik kompensatsiya pulini qoplab bersa, bu mablağ töliq mazkur loyihaga yönaltiriladi