O‘zbekiston | 12:33 / 03.04.2023
22009
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda

Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. 3–4 aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Kunduzgi havo harorati hafta davomida +20...+23 darajadan +15...+18 darajagacha o‘zgarib turadi. 

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar, shuningdek, do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3–6 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5–6 aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 

3–4 aprel kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

3–7 aprel kunlarida Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. 

Toshkent shahrida 4 apreldan 6 aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5–10 metr/soniyadan biroz 12–15 metr/soniyagacha esadi. Bugun kunduzgi havo harorati +21...+23 darajani tashkil etadi, hafta o‘rtasiga borib +16...18 darajagacha pasayadi.

Mavzuga oid