Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «qolgan kunlarini yertölada ötkazişni, hojatxona örniga çelak işlatişni» tiladi.
UNIAN xabariga köra, bu haqda Zelenskiy Çernihiv oblastining Yagidne qişloğiga taşrifi çoğida, rus bosqinçilari 2022 yil 3 martdan 30 martgaça 367 nafar tinç aholini antisanitariya şaroitida saqlagan maktab yertölasida aytdi.
«Bularning barçasini körib, men Rossiya prezidentiga qolgan kunlarini yertölada ötkazişni va hojatxona örniga çelak işlatişni tilayman», dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari armiyaning qarşi hujumi haqida ham fikr bildirdi.
«Rus askarlarida çiqib ketişga vaqti bor, aks holda ularni yöq qilamiz», dedi u.
Rus harbiylari Yagidne qişloğidagi maktab yertölasida 2022 yil 3 martdan 30 martgaça 367 nafar tinç aholini antisanitariya şaroitida, suv va ovqatsiz saqlagan. Garovga olinganlar orasida 50 nafar bola, jumladan bir neça gödak ham bor edi. Ularning eng kiçigi bir yarim oylik edi. 11 kişi ğayriinsoniy şaroitlarga doş berolmay vafot etgan. Ön nafari rus bosqinçilari tomonidan otib taşlangan.
Harbiy bosqin natijasida Yagidne qişloğidagi barça 173 ta hovli zararlangan, ulardan 16 tasi vayron bölgan. Bundan taşqari, kommunal mulk obektlari - madaniyat uyi va vraçlik punkti vayron qilingan. Maktab binosiga katta zarar yetgan.
Çernihiv oblasti harbiy boşqarmasi boşliği Vyaçeslav Çaus sözlariga köra, ötgan yil davomida davlat va viloyat budjetidan mablağ ajratilişi, köngillilar tufayli, Latviya hukumati tomonidan quriliş materiallari va uylarni tiklaş uçun mablağ ajratilgan. 100 dan ortiq uy ta’mirlangan.













