Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sessiya iştirokçilari tomonidan Akmal Mahmudaliyev bir ovozdan Sirdaryo viloyati hokimi vazifasiga ma’qullandi.
Yiğilişda iştirok etayotgan Şavkat Mirziyoyev viloyatning yangi hokimiga vazifalarini eslatib ötdi:
"Mahmudaliyevning endigi vazifasi – bugun aytilgan reja va taşabbuslarni hayotga, aholi turmuş tarziga köçiriş. Agar Mahmudaliyev şuni qila olsa, odamlarimiz rozi böladi. Xalq vakillari yuksak işonç bildirgan Akmal Azimjonoviç Mahmudaliyev endi öz faoliyatida faqat adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan Sirdaryo viloyati ahliga astoydil xizmat qilişi lozim", dedi prezident.
Şuningdek, bugundan boşlab, yangi hokim, örinbosarlari, tuman va şaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoşlar bir yoqadan boş çiqarib, har bir tuman va şahar, qişloq va mahallaga innovatsiya olib kirişi şartligi ta’kidlandi.
Akmal Mahmudaliyev 2022 yil noyabrida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi.
Bundan oldin u Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farğona viloyatining Uçköprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.












