Tabiiyki, Ozarboyjon uşbu hududni öz davlatining bir qismi sifatida biladi, u yerda yaşovçi arman millatiga mansub aholini esa Ozarboyjonga işonçsizlik va qörquv birlaştirib turibdi. Ötgan öttiz yil davomida nafaqat hukumatlar, şuningdek, şoir-yozuvçilar, musiqaçilar va xalqlar örtasida şu qadar ulkan jarlik yuzaga kelganki, jarlikning ikki tomonida turuvçilar hayotini endi bu jarsiz tasavvur qila olmaydi, deb yozadi Maharram Zaynalov.

26 fevral kuni Ozarboyjonda Xöjali fojiasi navbatdagi marta yodga olindi. Birinçi uruşgaça Qoraboğdagi bu şaharçaning aksar aholisi ozarboyjonlar bölgan. 1992 yilning fevralida yuzlab tinç aholi vakillari arman kuçlari tomonidan öldirilgan — bu voqealar Ozarboyjonda genotsid deb ataladi. Bu voqea siyosiy jarayonlarga mustahkam singib kirgan, yangiliklarda albatta tilga olinadi, bolalar esa bu voqealarni xotirlab suratlar solişadi.

Armanistonda esa «ozarboyjon terrorizmi» bilan qörqitişadi. 1988 yilda Ozarboyjonning Sumgait şahridagi tartibsizliklarda önlab armanlar öldirilgan, minglaganlari qoçişga majbur bölgan — bu voqea ham barça ozarboyjonlarga yorliq yopiştirişga xizmat qiladi.

Har ikki mamlakatda öldirilgan tinç aholi xotirasi siyosiy maqsadlarda işlatiladi, deydi Qoraboğ mojarosini örgangan sotsiolog Sergey Rumyansev: «Qoraboğdagi birinçi uruşda Ozarboyjon axborot uruşida yutqazgan, öşanda armanlar özini turklardan jabr körayotgan yagona qurbon sifatida taqdim eta olgan. Öşa uruşda eng yirik tinç aholi qirğini bölgan Xöjali fojiasi esa Ozarboyjonga ular ham qurbon ekanini körsatiş imkonini taqdim etdi».

Milliy orzular obekti

Armanistonda ozarlarni turklar deb ataşadi va şu yöl bilan Qoraboğ mojarosi hamda 1915 yilgi Turkiyadagi armanlar qirğinini boğlaşga harakat qilişadi.

«Ön beş deganda yilni, Toğli deganda Qoraboğni esga olaman», deb yozgandi taniqli arman şoirasi Silva Kaputikyan, keyingi satrlarida adolat talab qilib.

Tadqiqotçilar Mane Grigoryan va Behröz Samedovning qayd etişiça, bunday ijodiy asarlar yuz yil avvalgi Usmonlilar imperiyasining turklari va zamonaviy ozarboyjonliklarni tenglaştiruvçi uzviylik bor va oğriqli ötmiş xotiralarini yana qözğatişga qaratilgan. Aslida, ozarboyjonlarning ötmişi Turkiya bilan emas, Eron va Rossiya imperiyasi bilan boğliq.