Özbekiston prezidenti “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlaş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar beryapti.
Ipoteka va subsidiya ajratiş tartibiga quyidagi özgartirişlar kiritildi:
banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bölmagan jismoniy şaxslarga ham ajratişga ruxsat etildi. Bunda, uşbu fuqarolarning tölov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boşqa xarajatlarini hisobga oliş orqali aniqlanadi;
banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boşqa körsatkiçlardan kelib çiqib, kreditlar böyiça tabaqalaştirilgan foiz stavkalarini örnatiş huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni köproq tölagan fuqaro arzonroq kredit oliş imkoniga ega;
subsidiyaga ajratilgan mablağlarni tezroq işlatiş uçun, subsidiya xabarnomasining amal qiliş muddati 12 oydan 4 oyga tuşirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topşirişi mumkin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini töğridan töğri bekor qiliş va tölovlarni töxtatiş huquqi berildi.












