Özbekistonda 2023 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kişini taşkil etgan. Bu körsatkiç 2022 yilning şu davri bilan soliştirilganda 2,2 foizga köpaygan.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlarga köra, hududlar kesimida doimiy aholi sonining ösişi böyiça Toşkent şahri yetakçilik qilyapti – 3,3 foiz.
Undan keyingi örinlardan doimiy aholi sonining ösişi mos ravişda 2,3 foizni taşkil etayotgan Namangan viloyati, Jizzax viloyati va Surxondaryo viloyati joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
- Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
- Qaşqadaryo viloyati – 2,2 foiz;
- Andijon viloyati – 2,1 foiz;
- Navoiy viloyati – 2,1 foiz;
- Farğona viloyati – 2,1 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 2 foiz;
- Xorazm viloyati – 1,8 foiz;
- Toşkent viloyati – 1,8 foiz;
- Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
- Qoraqalpoğiston R. – 1,3 foiz.

















