Xartum aeroportida quyuq tutun. 2023 yil 15 aprel. Foto: AFP / Scanpix / LETA

Ikkinçi kundirki poytaxtdagi muhim strategik nuqtalarda harbiy tuzilmalar - Tezkor reaksiya kuçlari (RSF) va muntazam armiya örtasida töqnaşuvlar davom etmoqda.

Keçadan buyon nimalar böldi?

  • Yakşanba tongida guvohlar Xartum, Omdurman va Bahri şaharlaridagi binolar oğir artilleriyadan öqqa tutilgani ovozlarini eşitişgan. 
  • Şuningdek, Qizil dengiz sohilidagi Port-Sudan şahrida otişmalar ovozlari eşitilgan, mojaroning birinçi kunida bu hududda harbiy harakatlar bölmayotgandi. Sudan armiyasi RSF’ning yetti şahardagi, jumladan Port-Sudandagi bazasi ham egallangani töğrisida e’lon qilgan, ammo bu ma’lumot boşqa manbadan tasdiqlanmagan.
  • Tongda Sudan qurolli kuçlari Tezkor reaksiya kuçlarining Efiopiya bilan çegaradagi Gedaref ştatidagi ştabi ustidan nazorat örnatgan. Armiya şuningdek RSF’ning Meroedagi bazasiga avizarbalar bergan. Hududni qurşab olişga harakat qilinmoqda. 
  • RSF poytaxtda va undan taşqarida qator strategik obektlar, jumladan Darfurda mamlakat qurolli kuçlari boş ştabi va harbiy kazarmalari ustidan nazorat örnatganini e’lon qilgan.
  • Sudan şifokorlari kasaba-uyuşmalariga köra, janglar boşlanganidan buyon tinç aholi vakillaridan kamida 56 kişi halok bölib, 595 kişi tan jarohati olgan.
Poytaxt Xartumdagi kuçlar nisbati: kök rangda isyonçilar, qizil rangda armiya kuçlari nazorat qilayotgan obektlar

Sudan suveren kengaşi rahbari, mamlakat qurolli kuçlari boşliği Abdulfattoh al-Burxon 15 aprel kuni keçqurun RSF tarqatib yuborilgani haqida ma’lum qildi, bugun esa uning qömondonligidagi armiya isyonçilar bilan heç qanday muzokara ötkazilmasligini e’lon qildi. Öz navbatida, RSF kuçlari al-Burxonni topiş va qölga olişga harakat qilmoqda. Şu tariqa, mojaro tomonlarida amalda vaziyatning keskinlaşuvidan boşqa variant yöq.

Mojaro tarixi

2021 yil oktyabridagi davlat töntarişidan keyin Sudanni generallardan tarkib topgan kengaş boşqarmoqda va ularning asosiy ikkitasi örtasida nizo kelib çiqqan.