Beninda davlat töntarişini amalga oşirişga uringan isyonçilar yetakçisi podpolkovnik Paskal Tigri qoçib ketdi.

"Manbalarga köra, ayrim isyonçilar qoçib ketgan. Ular orasida polkovnik Tigri ham bor", - deb xabar berdi 24heuresauBenin naşri.

Naşrning yozişiça, mamlakat harbiylari va xavfsizlik xizmati xodimlari qoçib ketgan isyonçilarni qidirmoqda.

7 dekabr kuni Beninda özlarini «Qayta quriş böyiça harbiy qömita» deb atagan harbiylar milliy televideniye efirida prezident Patris Talonni ağdarişgani va hokimiyatni qölga olişgani, mamlakat boşqaruvi vaqtinça podpolkovnik Tigri Paskal boşçiligidagi harbiy kengaşga ötganini e’lon qilişdi.

Prezident ofisi AFP agentligiga bergan izohida «Bu faqat televideniyeni nazorat qilayotgan kiçik bir guruh bölib, muntazam armiya nazoratni tiklayotgani, şahar va mamlakat töliq xavfsizlikda» ekanligini bildirdi.

Talon öz lavozimidagi ikki muddatdan söng kelasi yili iste’foga çiqiş niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

67 yoşli Talonning ikkinçi vakolat muddati 2026 yil bahorigaça, navbatdagi prezidentlik saylovlari aprel oyida bölib ötişi kerak edi.

Ğarbiy Afrikaning uşbu davlatida töntarişga uriniş qöşni Gvineye-Bisauda prezident Umaro Sissoko Embalo hokimiyatdan ağdarilganidan ön kunça vaqt ötib sodir böldi.