DXX Toshkentda tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ini qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
DXX xabariga ko‘ra, unda Toshkent shahridagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga noqonuniy ravishda harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat avtomashinasida undan 600 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan birining direktori yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbaridan uning o‘quv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnashish holatini monitoring qilmaslik va MChJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 300 AQSh dollari talab qilib, muqaddam 2 mln so‘m olgan.
DXX xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 1,4 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024