«Sutka davomida askarlarimiz frontning körsatilgan hududlarida duşmanning 60 dan ortiq hujumini qaytardi», — deyiladi xabarda.
Öz navbatida, Ukraina aviatsiyasi bir kunda Rossiya harbiylarining şaxsiy tarkibi va zenit-raketa tizimiga 5 ta zarba berdi, duşmanning 4 ta uçuvçisiz samolyoti urib tuşirildi (2 tasi «Orlan-10» tipidagi, 1 ta «Eleron» razvedka droni hamda 1 ta «Lanset» kamikadze droni).
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter'da e’lon qilgan xulosada aytilişiça, ötgan haftada Rossiya Donetsk viloyatidagi Marinka atrofida bronetank (tanklar va öziyurar artilleriya) hujumlarini kuçaytirgan.
Donetskdan 20 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan şahar uçun janglar 2014 yildan beri davom etmoqda va u artilleriya öqlaridan «töliq» vayron qilingan, deb yozadi razvedka.
Şu bilan birga, Marinka, ta’kidlanganidek, Donetskka yaqinlaşiş yönalişlari hamda N15 asosiy yöli ustidan nazoratni ta’minlaydi.













