Qöşma Ştatlar rasmiylari Nyu-Yorkda Xitoy politsiyasining maxfiy idorasini topdi va uning ikki xodimini hibsga oldi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligiga tayanib ABC News xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, vazirlik vakili gumonlanuvçilarni Xitoy hujjatlarini rasmiylaştiriş va boşqa «davlat xizmatlari» körsatişda, şunindek, dissidentlarni ta’qib qilişda ayblamoqda.

Gumonlanuvçilar «Xitoy milliy politsiyasi nomidan» Manhettenning Çaynataun tumanida bölim taşkil etiş uçun «hamkorlikda işlagan», dedi u.

Bölim 2022 yil fevral oyidan beri işlagan va uning xodimlari Nyu-York aholisi bölgan. Vakilning ta’kidlaşiça, amerikaliklarga «buyuk şaharda maxfiy politsiya bölimlari kerak emas».

Nyu-Yorkning Şarqiy okrugi advokati Breon Pis sözlariga köra, Xitoy politsiyasining 34 nafar xodimiga ayblov e’lon qilingan. AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, umumiy hisobda 44 kişi ayblanmoqda.

Xitoy uzoq vaqtdan beri boşqa mamlakatlarda «politsiya bölimlari»ni taşkil qilmoqda. Uning xodimlari asosan quvğinda yaşayotgan dissidentlarni ta’qib qiliş bilan şuğullanadi.

Yevropada bunday «politsiya bölimlari»ning keng tarmoği mavjud. Noyabr oyida Niderlandiya hukumati rasmiy Pekindan bunday muassasalarni yopişni talab qilgan edi.