Kun.uz muxbiri Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari bilan tungi reydga çiqdi.

15 apreldan 15 mayga qadar poytaxtda «Xavfsiz va soğlom yurt oyligi» doirasida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda kuçaytirilgan reydlar ötkazilmoqda. Kun.uz muxbiri navbatdagi tungi reyd tadbirlarida iştirok etdi.

Reyd davomida mast holatda atrofdagilar tinçligini buzgan yoşlarga ogohlantiriş berilgan, qoidabuzarlik sodir etgan hamda haydovçilik guvohnomasisiz maşina boşqargan haydovçilarga çora körilgan. 

21 yoşli haydovçi guvohnomasi yöqligini uç marta imtihonga kirgani, ammo savollar qiyinligi tufayli öta olmagani bilan tuşuntirgan.

Şuningdek, ikki holatda maşina rulida mast holatda bölgan haydovçilar qölga tuşgan. Xususan, mast holda avtomobil boşqargan bankir tibbiy körikdan boş tortganiga qaramay, belgilangan qonuniy jazo çorasidan qutulib qola olmagan. 

Mirzo Uluğbek tumanida esa tungi vaqtlarda közdan pana joylarga noma’lum ötkir hidli moddalarni yaşiriş yöli orqali tarqatib yurgan ikki gumondor şaxs hududiy profilaktika inspektori tomonidan qölga olindi. Xolislar iştirokidagi tekşiruvlarda ular öz aybiga töliq iqror bölib, uşlangunga qadar, yaşirib çiqqan narkotik moddalarni öz ixtiyori bilan topşirdi.

Töliq videoni quyidagi havola orqali tomoşa qiliş mumkin.