“Yangi Özbekiston” naşri xabariga köra, hozirda uşbu nav uçun patent olişga hujjatlar topşirilgan. Uşbu nav intensiv usulda yetiştirilayotgani bilan ajralib turadi.

Yangi piyoz navining uruği yerga martning dastlabki ön kunligida sepiladi. Xususan, 15 sotix yerga 10-12 kilogramm piyoz uruği sepiladi, şu maydondan terib olingan piyozboşçalar esa bir gektar maydonga yetadi. Piyozboşçalar gilos kattaligida bölgandan söng yiğib olinadi. Piyozboşçalar quritilib, alohida joyga olib qöyiladi va sentabr oyining birinçi dekadasida 70×10 sxemada 4 qatordan gektariga 571,4 ming dona ekiladi.

Piyozboşçalar ekilganidan söng unga bir marotaba suv qöyiladi. Şundan söng piyozboşçalar kökara boşlaydi. Qişning sovuq kunlarida yetiştirilgani uçun piyozlarni ötaş şart emas, sababi, uşbu mavsumda ötlar nobud böladi.

Ekilgan piyozlarga erta bahorda bir marotaba işlov beriladi. Şuningdek, bir marotabadan kultivatsiya va çopiq, yengil oziqlantiriş işlari amalga oşiriladi. Yana ikki marotaba suğoriladi. Bahorda, ya’ni 15 aprelda piyoz texnik pişib yetiladi va aholi iste’moli uçun mahalliy bozorlarga çiqariladi. Yangi piyoz navi odatiy piyozlarga qaraganda bir oy oldin pişib yetiladi.