Prezident qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kiçik quvvatli (umumiy quvvati 50 kW-coatgacha) quyoş panellarini örnatişni rağbatlantiriş böyiça “Quyoşli xonadon” dasturi amalga oşirilişi belgilangandi.

Dasturga köra, yil oxirigaça 37 mingta xonadonga quyoş panellarini örnatiş reja qilingan.

Umumiy quvvati 50 kW-soatgaça bölgan quyoş panellarini örnatgan jismoniy şaxslarga öz iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat budjetidan 1000 sömdan subsidiya ajratiladi.

Davlat soliq qömitasi “Soliq” mobil ilovasida “Quyoşli xonadon” xizmati işga tuşirilganini ma’lum qildi.

“Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar fuqarolarga tölab beriladi”, - deyiladi qömita xabarida.

Quyoş panellarini örnatgan jismoniy şaxslar subsidiya oliş uçun nima qilişi kerak?

  • Soliq mobil ilovasining “Quyoşli xonadon” bölimi tanlanib, Face ID orqali röyxatdan ötiladi;
  • Söngra xizmatdan foydalaniş tugmasi bosiladi;
  • Oçilgan oyna qatoridan xonadon kadastr raqami tanlanganda hududiy elektr tarmoqlari avtomatik paydo böladi;
  • Şundan söng, iste’molçi hisobraqami kiritiladi va ariza yuboriladi;
  • Ariza hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan körib çiqilib, tasdiqlangaç, foydalanuvçi qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi örtasidagi farq bilan, subsidiya uçun röyxatdan ötgan xonadonlari, tuşumlari farqi, oylar kesimida subsidiya ma’lumotlari bilan tanişişi mumkin;
  • Subsidiya oy yakunida jismoniy şaxs tomonidan iste’mol qilingan va yagona elektr energiyasi hajmi örtasidagi tafovutdan kelib çiqib hisoblanadi.

Quyoş panelidagi ortiqça elektr toki va subsidiyalar qanday hisoblanadi?

Xonadonga örnatilgan quyoş panellari iste’molga yetadiganidan köproq elektr energiyasi işlab çiqarsa, davlat uni kafolatli ravişda sotib oladi. Buning uçun quyoş paneli raqamli hisoblagiçga ulanadi va davlat bilan jismoniy şaxs örtasida hisob-kitoblar avtomatik ravişda röy beradi.