Vazirlikka köra, joriy yilda maktablarning milliy reytingini tuzişga yangilik kiritiş maqsadida nodavlat ta’lim taşkilotlari faoliyatini ham baholaş nazarda tutilmoqda.

Milliy reytingda iştirok etiş istovçi nodavlat ta’lim taşkilotlari uşbu havola orqali röyxatdan ötişi mumkin.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda bir neça yildan buyon tuman (şahar)lar hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Reytingda quyidagilar inobatga olinadi:

  • öquvçilarning fan böyiça egallagan bilimlari;
  • öquvçilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kiriş körsatkiçi, xorijiy tilni biliş darajasi);
  • pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinçi toifaga ega pedagoglar uluşi);
  • maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy va öquv-tarbiyaviy muhit;
  • mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uçun qöşgan hissasi.

Bunda, qur’a taşlaş yöli bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf öquvçilarining bilimlari baholanadi, öqituvçilar örtasida xalqaro TALIS baholaş dasturi metodikasi asosida ijtimoiy sörovnoma ötkaziladi.