Uçraşuvda tomonlar örtasida işga solinmagan imkoniyatlardan unumli foydalaniş zarurligi alohida qayd etildi. Jumladan, ikki mamlakat tahliliy idoralari örtasida hamkorlik örnatiş, Özbekistonda amalga oşirilayotgan barça sohalardagi keng kölamli islohotlar bilan yaqindan tanişiş, mamlakatni Polşada sayyohlik yönalişi sifatida tanitiş va polyak turistlari oqimini yanada köpaytiriş masalalari xususida fikr almaşildi.  Şu maqsadda CSM direktori boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga safarini taşkil etiş taklifi bildirildi.

Şuningdek, Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti, Markaziy Osiy xalqaro instituti va boşqa tahlil markazlari bilan hamkorlik örnatiş  muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv natijasida joriy yil davomida Özbekiston talabalari köpçilikni taşkil qiladigan Varşava va Vistula universitetlarida «Özbekiston madaniyati kunlari»ni ötkaziş, Xalqaro munosabatlar markazi va Polşaning nufuzli OAV saytlarida Özbekistonda keçayotgan özgarişlarga bağişlangan  materiallarni e’lon qiliş töğrisida kelişuvga erişildi.