Özbekiston Din işlari böyiça qömitasi tarmoqlarda tarqalayotgan haj safariga jönatişga va tölovlarni qabul qilişga doir reklamalar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qömita Özbekistonda haj va umra tadbirlarini taşkil etiş Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli “Haj va umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilişini eslatgan.

“Mazkur hujjat asosida tuzilgan Haj va umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça Jamoatçilik kengaşi a’zolari qatorida uşbu muqaddas ibodatlarni uyuştiriş bevosita Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan.

Mazkur taşkilotlarga Haj va umra mavsumida ziyoratçilarning soğ-salomat va ibodatlarini töla-tökis bajarib kelişini ta’minlaş maqsadida, Saudiya Arabistonidagi tegişli vazirliklar bilan ziyoratçilarga xizmat körsatuvçi muassasalar, mehmonxonalar, transport va oziq-ovqat korxonalari bilan şartnomalar tuziş vakolati berilgan.

Şu bois, Haj va Umra mavsumlarida diyorimiz ziyoratçilarini kuzatiş va kutib oliş işlarini taşkil etiş, şu jumladan ziyoratçilarning Saudiya Arabistoniga borişi, u yerda bölişi va u yerdan qaytib kelişlari Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşiriladi”, – deyiladi bayonotda.

Qömitaning ma’lum qilişiça, Saudiya qonunçiligida ham Haj safari dunyo davlatlarining vakolatli taşkilotlari va qirollikning Haj va umra vazirligi örtasida tuzilgan şartnoma asosida amalga oşiriladi. Mazkur kelişuvlar asosida taşkil etilmagan Haj ziyoratiga uriniş uşbu uluğ amalning eng muhim ruknlari bölmiş Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qiliş imkoniyatini bermaydi.

“Saudiya Arabistoni hududida Haj tartiblarini buziş esa uşbu mamlakat qonunçiligi asosida çora körilişiga olib keladi. Şu bois, Haj tadbirini taşkil etiş vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi. Mazkurlar tomonidan haj ibodatini taşkil etişga uriniş esa amaldagi qonun hujjatlariga ziddir”, deya eslatgan diniy qömita.

Din işlari böyiça qömita aldovlarga uçmasdan, hukumat kömagida taşkil etilayotgan safarni ado etişni tavsiya qilgan.

Şuningdek, qömita fuqarolarni Hajga noqonuniy yöllar bilan borişga intiliş Saudiya Arabistonidan deport qiliş, qirollik har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirişni taqiqlaş hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming dollar) miqdorida jarima solişga olib kelişi haqida ogohlantirgan.