“Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalaridan foydalaniş sohasida davlat xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 iyulgaça “Texnikalar texnik körigi” avtomatlaştirilgan axborot tizimi işlab çiqiladi.
2023 yil 1 maydan jismoniy va yuridik şaxslarning qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalari majburiy yillik texnik körikdan ötkaziladi.
2023 yil 1 sentabrdan yuridik şaxs bölgan tadbirkorlar jismoniy şaxslarning 100 ot kuçigaça quvvatga ega qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini texnik körikdan ötkaziş faoliyati bilan şuğullanişi mumkin.
2023 yil 1 avgustdan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini işlab çiqaruvçi yoki maxsus savdo taşkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uçun “Hisob-ma’lumotnoma” beriş amaliyoti joriy etiladi.
2023 yil 1 sentabrdan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalariga texnik körikdan ötganligi töğrisida talon beriş amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga işga yuboriladigan texnikalardan taşqari).
Eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorçi-maşinist guvohnomasini majburiy tartibda almaştirişning yakuniy muddati 2023 yil 31 avgust etib belgilandi.
Qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalarini davlat röyxatidan va qayta röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Texnikalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan davlat röyxatidan ötkaziladi.
Texnikalarni röyxatdan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP (my.gov.uz) orqali texnika egasi yoki uning vakili sörovnomasiga asosan amalga oşiriladi.
Texnikalarni davlat röyxatidan ötkaziş yoki qayta röyxatdan ötkazişda:
texnik pasport beriladigan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş texnikalari hamda öziyurar maşinalarni davlat röyxatidan yoki qayta röyxatdan ötkaziş uçun – BHMning 20 foizi (66 000 söm) miqdorida;
texnik guvohnoma beriladigan qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl-quriliş maşinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat röyxatidan yoki qayta röyxatdan ötkaziş uçun – BHMning 18 foizi (59 400 söm) miqdorida yiğim undiriladi.













