Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Toshkentdagi 30 ta yirik korxonaga quyosh panellarini o‘rnatadi
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov Xitoyning CC7 Industries kompaniyasi prezidenti Lun Xayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Sharof Rahmonov kompaniya bilan kelishuvga asosan ular tomonidan poytaxtdagi 30 ta yirik korxonalarga quyosh stansiyalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning tomidagi 747 ming kv metr maydonga 100 MVt quvvatga ega panellar joylashtiriladi. Hozirda kompaniya mutaxassislari ushbu obektlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Lun Xayan kompaniya O‘zbekiston va Toshkent bilan hamkorlik ular uchun ham ahamiyatli ekanligini qayd etib, mutaxassislar bu jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rayotganini qayd etdi.