Adliya vazirligi Bank faoliyatiga ruxsat beriş tartibi va şartlari töğrisidagi nizomga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarni davlat röyxatidan ötkazdi.
Yangi tartibga muvofiq, “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi Qonun asosida islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oşiriladi. Şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan islomiy banklar taşkil etiş va an’anaviy banklarda “islomiy darçalar” oçişning huquqiy asoslari yaratildi.
Hujjatga köra, islomiy bank yoki “islomiy darça” taşkil etişda Islomiy moliya kengaşi a’zolarining Markaziy bank bilan kelişilişi, Markaziy bank talablariga javob beradigan mas’ul rahbar xodimning mavjudligi hamda islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati işlab çiqilgan bölişi şart.
Şuningdek, Islomiy moliya kengaşi kamida uç nafar a’zodan iborat bölişi, ularning ma’lumoti va iş tajribasiga aniq talablar qöyilişi belgilandi. Kengaş a’zolari bosqiçma-bosqiç AAOIFI xalqaro taşkiloti sertifikatlariga ega bölişi, islom huquqi böyiça mutaxassislar esa arab tilini bilişi lozim.
Bundan taşqari, Markaziy bank bilan kelişilgan rahbar xodimlar işga kirişgani haqida beş iş kuni içida Markaziy bankni yozma ravişda xabardor qiliş talabi bekor qilindi.
















