Özbekistonning Polşadagi elçixonasi xorijda qiyin ahvolga tuşib qolgan vatandoşlarni himoya qiliş va ularga amaliy yordam körsatiş işlarini davom ettirmoqda.
Ma’lum qilinişiça, elçixona diplomatlari, “Artur Grabovski” advokatlik byurosi hamda Polşa Çegara xizmati bilan ötkazilgan muzokaralar natijasida namanganlik fuqaro I.M. muddatidan avval şartli ravişda ozod qilindi.
U Polşada ölim bilan yakunlangan yöl-transport hodisasini sodir etgani uçun uşbu mamlakat Jinoyat kodeksining tegişli moddasiga muvofiq sudlanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Elçixona tomonidan körilgan tezkor çora-tadbirlar hamda Yevropa Ittifoqining Çegara va sohil xavfsizligi agentligi (Frontex) kömagida fuqaro uçun «Varşava–Toşkent» yönalişi böyiça aviaçipta xarid qilindi.
Barça zarur rasmiylaştiruv işlari yakunlangaç, Özbekiston fuqarosining Polşadan çiqib ketişi taşkil etildi va u soğ-salomat vatanga qaytarildi.












