Özbekiston Markaziy banki respublikaning barça hududlari böyiça jami 5,8 ming respondent iştirokida 2026 yil I yarim yilligi uçun aholi qarz yuki darajasini aniqlaş böyiça sörovnoma ötkazdi.

Aholi qarz yuki darajasini baholaşda respondentlarning bank va bankdan taşqari taşkilotlar oldidagi majburiyatlari inobatga olingan.

Jami respondentlarning 77 foizi özi yoki oila a’zolaridan birida bank va bankdan taşqari qarz majburiyatlari mavjudligini qayd etgan. Respondentlarning 68 foizi bankdan qarz majburiyatiga ega bölib, ularning har beşdan birida bankdan taşqari qarz majburiyatlari ham mavjud.

Qarzdor respondentlarning jami majburiyatlari böyiça örtaça qarz yuki darajasi (bank va bankdan taşqari qarz majburiyatlari böyiça jami oylik tölov miqdorining jami asosiy va qöşimça oylik daromadlarga nisbati) 51 foizni taşkil etadi. Mediana körsatkiçi esa 47 foizga töğri keldi.

Qarz yuki taqsimoti böyiça respondentlarning 47 foizida qarz yuki darajasi 50 foizdan yuqori darajada şakllangan. Uşbu körsatkiç 2024 yilning mos davrida ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra 1 foiz bandga pasaygan, ya’ni aholi qarz yuki darajasida biroz yaxşilaniş kuzatilgan.

Sörovnoma iştirokçilarining katta qismi asosiy mehnat faoliyati böyiça oilaviy örtaça oylik daromadi 12 mln sömgaça ekanini qayd etgan.

19 foiz respondent qöşimça daromad manbayiga ega ekanini bildirgan. Ularning 58 foizida 4 mln sömgaça bölgan qöşimça oylik daromadi mavjud.

Qarz mablağlarining 20 foizi uy-joy sotib oliş yoki ta’mirlaş, 18 foizi avtomobil harid qiliş maqsadida jalb qilingan. Şuningdek, qarz majburiyatiga ega respondentlarning 8 foizi mavjud qarzni söndiriş uçun qarz jalb qilganini qayd etişgan.