Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni ötkazgan uçraşuvda mamlakatimizda futbolni ommalaştiriş va yirik tadbirlarni birgalikda ötkaziş masalalari körib çiqildi.

«Nufuzli global sport taşkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş, unga yoşlar va qizlarni keng jalb qiliş, iste’dodlarni tarbiyalaş, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratiş, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlaş böyiça olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va töliq qöllab-quvvatladi.
Janni Infantino Özbekiston yetakçisini yoşlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida ğalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oşirilayotgan amaliy işlar samaradorligining navbatdagi tasdiği ekanini ta’kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uçraşuvda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA örtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbol klasterini taşkil etiş çoralari körilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Özbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinçiliklariga tayyorgarlik köriş va ötkaziş, milliy terma jamoani tayyorlaş, infratuzilmani rivojlantiriş va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oşirişga texnik kömakni kengaytiriş hamda iqtidorli futbolçilarni seleksiya qiliş tizimini işlab çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.


FIFA rahbari Özbekiston prezidentiga Mirziyoyev familiyasi va 24 raqami aks etgan futbolka sovğa qilgan.












