Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyeva Fuzuliyda O‘zbekiston tomonidan qurib berilgan maktab bilan tanishdi
5 may kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan beg‘araz asosda qurib berilgan, Fuzuliy shahridagi 960 o‘rinli maktab binosidagi qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Xabarda aytilishicha, Ozarboyjon prezidenti va birinchi xonimiga qurilish ishlarining borishi haqida ma’lumot berildi.
O‘tgan yili boshlangan qurilish ishlarini joriy yilning dekabr oyida yakunlash rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Uch gektar maydonda qurilgan maktab binosi ikki qavat va yerto‘ladan iborat. Maktabda 40 ta o‘quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta kompyuter xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar zali, sport zali, oshxona, kutubxona tashkil etiladi.
Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish joylari, yugurish yo‘laklari, nazorat punkti, qozonxona, transformator podstansiyasi quriladi. Qurilish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ozarboyjon vaqt sinovidan o‘tgan yaqin do‘st va ishonchli strategik hamkor» degan so‘zlarini tasdiqlovchi ushbu maktabning qurilishi ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham O‘zbekistonning Fuzuliy shahrida katta maktab qurish tashabbusini mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, do‘stlik va qardoshlikning navbatdagi qadami sifatida baholadi.
Mavzuga oid
21:54 / 15.10.2024
Bokuda Qorabog‘ni qayta tiklashga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma ochildi
18:55 / 30.08.2024
“Armaniston tinchlikdan manfaatdor emas va ataylab vaqtni cho‘zmoqda” - Ilhom Aliyev
13:05 / 25.08.2024
O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi an’ana – ittifoqchilik: Aliyevning safari nimasi bilan muhim?
17:03 / 23.08.2024