Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi berilgan kundan boşlab 365 kun (1 yil) davomida amal qiladigan yangi köp martalik Umra vizasini joriy qildi. Ma’lum qilinişiça, uşbu viza egalariga yil davomida umumiy hisobda 90 kungaça qoliş şarti bilan Saudiyaga bir neça bor kiriş imkonini beradi.

Yangi vizada 90 kunlik qoliş muddati – jamlanib boruvçi tartibda hisoblanadi. Ziyoratçi har safar kelganida, Qirollikda ötkazgan kunlari soni umumiy qoldiqdan çegirib taşlanadi.

Vizadan foydalanişning bir qança şartlari bor. Xususan:

- har bir taşrif uçun «Nusuk» platformasidagi rasmiy tasdiqlangan provayderdan xizmatlar paketini sotib oliş talab etiladi. Bunda paketning davomiyligi vizada qolgan kunlar sonidan oşmasligi kerak;

- Saudiyaga kiriş ziyoratçi kelişidan oldin «Nusuk» ilovasi orqali Umra ruxsatnomasini rasmiylaştirganiga qarab ruxsat etiladi;

- bir yillik viza ziyoratçi Saudiyadan har safar çiqib ketgaç vaqtinça faolsizlantiriladi. Ziyoratçi yuqoridagi şartlar orqali Umra ruxsatnomasi olgaç (belgilangan tartib-qoidalar bajarilgandan söng) viza qayta faollaştiriladi.

Haj va Umra vazirligining ta’kidlaşiça, mazkur viza safarlarni rejalaştirişda moslaşuvçanlikni oşiradi hamda ziyoratçining butun safari davomida raqamli va amaliy xizmatlar integratsiyasini qöllab-quvvatlaydi.

Uşbu viza har yili böladigan Haj mavsumida – 2 hafta davomida amal qilmaydi. Saudiya rasmiylari viza narxi borasida ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uçun, Saudiya Arabistoni 2023 yil 6 avgustdan Özbekiston va Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlar uçun ham onlayn viza oliş imkoniyatlarini oçgan. Xususan, özbekistonliklar sayyohlik va umra vizalarini mustaqil olişi mumkin.