Navoiy viloyatida bolakay boğça tarbiyaçisi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar yuzasidan örganiş ötkazdi.

Aniqlanişiça, holat 4 may kuni Karmana tumani «Kumuşkon» MFYdagi oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, tarbiyalanuvçiga qilingan bunday qöpol xatti-harakat şu boğçaning tarbiyaçi yordamçisi S.Yu. tomonidan sodir etilgan.

«8 may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qiliş masalasi iş beruvçi tomonidan körib çiqiladi hamda Karmana tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tomonidan vakolati doirasida körib çiqiş va tegişli qaror qabul qiliş uçun tuman prokuraturasi va içki işlar bölimiga belgilangan tartibda xat yuborilişi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ta’lim taşkilotlarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bölmagan ota-onalar hamda jamoatçilik vakillariga minnatdorlik bildirdi.