«Qatar davlatining Toşkentdagi elçixonasi oçiliş marosimida iştirok etdik», deb yozadi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov.
Qayd etilişiça, Qatarning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati yölga qöyilişi munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro manfaatli hamkorlik ufqlarini kengaytiriş, savdo va investitsiyaviy sohalarni, şuningdek, xalqlar örtasidagi aloqalarni jadallaştirişga xizmat qiladi.
7 may kuni Toşkentda Özbekiston va Qatar Taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi bosqiçi bölib ötdi. Ularda iştirok etiş uçun Qatar taşqi işlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy taşrif buyurdi.
Maslahatlaşuvlar çoğida siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollaştiriş masalalari muhokama qilindi. Bundan taşqari, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşildi.













