Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva şahriga amaliy taşrifi doirasida 9 may kuni Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 78 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi.

Özbekiston xalqining Buyuk Ğalabaga qöşgan hissasi beqiyos. 1941 yilda respublikamiz aholisi 6 million 800 mingdan ziyod kişini taşkil etardi. Uruş boşlanişi bilan qariyb 2 million yurtdoşimiz frontga otlandi. Har biri tom ma’noda qahramon bölgan bu aziz insonlarning 500 mingdan ziyodi şafqatsiz janglarda halok böldi, yana minglab vatandoşimiz uruşdan nogiron bölib qaytgan.

Xalqimiz tunu kun tinimsiz mehnat qilib, ulkan miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-keçak, qurol-aslaha, dori-darmon zaxiralarini jang maydonlariga uzluksiz yetkazib berdi. Özbekistonga 170 ga yaqin zavod va fabrika evakuatsiya qilindi va qisqa muddatda qayta işga tuşirildi.

Uruşdan jabr körgan 1 million 500 mingdan ortiq keksalar, ayollar va bolalar respublikamizga köçirib keltirildi. Ularning 200 mingdan ziyodi ota-onasidan ayrilgan yetim bolalar edi.

Yurtimizda Ikkinçi jahon uruşida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ajdodlarimizning jasoratini abadiylaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uruş qatnaşçilari va nogironlari har yili rağbatlantirilmoqda, ularning soğliğini asraşga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Toşkent şahrida ulkan Ğalaba boği oçildi, unda “Matonat madhiyasi” yodgorligi va Şon-şaraf muzeyi barpo etildi.

 

Moskvaning Qizil maydonida Ğalaba paradi bölib ötdi. Uni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan ham kuzatdi.

Tadbirdan söng Özbekiston rahbari boşqa davlatlar yetakçilari bilan birga Aleksandr boğidagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulçambar qöydi va Ikkinçi jahon uruşida Vatan himoyasi yölida halok bölgan askarlar, şu jumladan özbek öğlonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.