Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. Ustuvor yönalişlardagi köp qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakçilari Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 78 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, faxriylar, döst xalqlarga tinçlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Rossiya prezidenti davlat rahbarini Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça umumxalq referendumi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan ham tabrikladi.

Uçraşuvda ikki mamlakat yetakçi korxona va kompaniyalarining joriy va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini, şu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida qöllab-quvvatlaş muhim ekani ta’kidlandi.

Ötgan oyda Toşkent şahrida ötgan “Innoprom” xalqaro sanoat körgazmasining samarali natijalari yuqori baholandi.

Özaro tovar ayirboşlaş sur’atini ta’minlaş böyiça muvofiqlaştirilgan çoralarni köriş zarurligi qayd etildi. Özbekiston va Rossiya hududlari darajasidagi faol muloqotlar qöllab-quvvatlandi.

Bundan taşqari, tomonlar jadal madaniy-gumanitar almaşinuvni davom ettirişdan, jumladan, soğliqni saqlaş, fan va ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida tadbirlar ötkazişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Bölajak xalqaro tadbirlar rejasi ham körib çiqildi, deyiladi rasmiy xabarda.