Ukraina rahbari 8 may kuni Ikkinçi jahon uruşida natsizm ustidan qozonilgan ğalaba kuni munosabati bilan nutq sözladi. Uning sözlariga köra, «eski yovuzlik» qaytdi, Rossiya uni xuddi natsistlar kabi bir maqsadda – qullik va qirğinni közlagan holda qaytardi. Ammo ular muvaffaqiyatga erişa olmaydi, deb işontirdi Zelenskiy.
«Biz davlatimizga mafkuraviy ta’sirlarsiz, sof tarixni qaytaryapmiz. Aynan 8 may kuni dunyo xalqlarining aksariyati faşistlar ustidan qozonilgan ğalabaning buyukligini eslaydi. Bugun men tegişli farmonni imzoladim va har yili, ertadan boşlab, 9 may kuni tarixiy birligimizni nişonlaymiz – natsizmni yöq qilgan va raşizmni yengadigan barça yevropaliklarning birligini nişonlaymiz», dedi Ukraina prezidenti.
Ğarb davlatlari Ikkinçi jahon uruşida faşistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan ğalabani 8 may kuni nişonlaydi: Germaniyaning sözsiz taslim bölişi 1945 yil 8 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:01 da kuçga kirgan, Moskvada esa bu rasman 9 may kuni edi.
Rossiyadan taşqari, 9 may Ğalaba kunini MDH ayrim davlatlari, şuningdek, Serbiya va Isroil ham nişonlaydi.
Oliy Rada allaqaçon qonun loyihasini tezkor qabul qiliş mumkinligiga işora qilgan. Hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya qonun loyihasi tezkorlik bilan qabul qilinişiga işontirdi.
«Biz Oliy Radada prezident tomonidan kiritilgan qonun loyihasini qabul qilişni tezlaştiriş va bu tarixiy lahzani huquqiy jihatdan mustahkamlaş ustida işlayapmiz», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Rada birinçi vitse-spikeri Oleksandr Korniyenkoning sözlariga köra, hujjat «heç qanday maxsus muhokamalar va özgartirişlarsiz» qabul qilinişi mumkin.

Ukrainadagi BBC muxbiri Svyatoslav Xomenko Ğalaba kunining köçirilişi va Yevropa kuni ukrainaliklar uçun nimani anglatişini tuşuntirdi.
«Vatandoşlarimning ma’lum va sezilarli qismi bugungaça may oyining uçinçi dam oliş kunida nişonlanib kelinayotgan «Yevropa kuni» deb nomlangan bayram mavjudligidan bexabarligini aytişdan qörqmayman. Şu kunlarda yirik şaharlarning markaziy köçalarida Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar bayroqlari tuşirilgan çodirlar paydo böldi. Ular buklet va varaqalar tarqatişdi, uşbu mamlakatlar musiqasi yangradi. Keçqurun – tantanali tadbirlar. Ukrainaning Yevropa sari borayotgani haqidagi rasmiylarning nutqlari...









