Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen 9 may kuni Kiyevga taşrifi çoğida Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari 11-paketi mohiyati haqida gapirdi. 

Uning sözlariga köra, gap uçta element haqida ketyapti. Bu, birinçi navbatda, uçinçi davlatlar orqali Rossiyaga jönatilayotgan sanksiya ostidagi tovarlar röyxatini kengaytiriş, söngra uçinçi davlatlar tomonidan sanksiyalarni çetlab ötiş imkoniyatini oldini oladigan yangi mexanizmlarni yaratiş, şuningdek, Rossiya va boşqa davlatlar tomonidan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalaniladigan xufyona tizimlarga barham beriş. 

Fon der Lyayyenning ta’kidlaşiça, agar Yevropa Komissiyasi «Yevropa tovarlari uçinçi mamlakatlarga eksport qilinganidan keyin Rossiyaga yetkazilayotganini körsa, a’zo mamlakatlarga uşbu tovarlar eksportiga qarşi sanksiyalar qöllaşni taklif qilişi mumkin». U, şuningdek, «juda ğayrioddiy savdo oqimlari» köpayganini ham qayd qildi. 

Yevrokomissiya rahbari yangi çeklov çoralari hali körib çiqilayotganini va ularni joriy etiş xavf tahlilini hisobga olgan holda öta ehtiyotkorlik bilan amalga oşirilişini aytdi. Buning uçun ular Yevropa Ittifoqining barça a’zolari tomonidan tasdiqlanişi kerak. 

Yevropa Ittifoqi 25 fevral kuni Rossiyaga qarşi 10-sanksiya paketini qabul qildi. Unga 120 dan ortiq jismoniy şaxs va taşkilot qöşilgan, eksport va importga yangi çeklovlar joriy etilgan edi.