Moldova tarkibidagi Gagauziya avtonom hududiy okrugi başkani (rahbari) saylovining ikkinçi bosqiçida, mahalliy MSKning 14 may, yakşanba kuni mahalliy vaqt bilan yarim tungaça e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlariga köra, "Şor" partiyasidan nomzod Yevgeniya Gutsul 27 376 ta (52 foiz) ovoz töplagan holda ğalaba qozondi.
Uning raqibi, muxolifatdagi Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan Grigoriy Uzun 24 913 ta (48 foiz) ovoz oldi. Gagauziyada jami 92 mingdan köproq saylovçi röyxatga olingan. MSK saylovlar jiddiy qonunbuzarliklarsiz ötgani, ikkinçi turda saylovçilarning 54,5 foizi iştirok etgani haqida xabar berdi.
Başkan saylovlarining ikkinçi bosqiçi yakuniy natijalari 15 may kuni ertalab soat 9:00 da e’lon qilinadi.
Gutsul ham, Uzun ham - rossiyaparast nomzodlar, siyosiy tajribasi yöq. Ularning ikkalasi ham saylovçilarga Rossiya bilan yaxşi aloqalar, arzon gaz va yengilroq tariflarni va’da qilmoqda. 30 aprel kuni bölib ötgan birinçi turda Gutsul va Uzun deyarli bir xil natijani körsatdi – 26 foizdan sal köproq. Yevgeniya Gutsul raqibidan atigi qirqta ovozga ustun keldi.
Gagauziya an’anaviy ravişda Moldovada Rossiya ta’siri zonasi hisoblanadi. Avtonom hududiy okrugning alohida huquqiy maqomi unga mustaqil axborot siyosatini yuritiş huquqini beradi - bu yerda Rossiya telekanallari translatsiya qilinadi. Şu sababdan Moldovada hukmron yevropaparast “Harakat va birdamlik” partiyasi gagauzlarning har qanday tanlovini qabul qilişini, asosiysi saylovlar adolatli ötişini ta’kidlab, başkan saylovlariga öz nomzodini körsatmadi. Başkan, qonunga köra, avtomatik ravişda Moldova hukumati tarkibiga kiradi.









