Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan prezidentlik saylovida birinçi turda ğalaba qozona olmadi, mamlakatda ovoz berişning ikkinçi turi ötkaziladi. Bu haqda mamlakat Oliy saylov kengaşi (YSK) rahbari Ahmet Yyener rasman e’lon qildi.
Ikkinçi tur ikki haftadan keyin, 28 may kuni bölib ötadi.
Yyener birinçi tur yakunlarini e’lon qilgan, sönggi hisob-kitoblardan keyin Erdöğan 49,51 foiz ovoz olgani, uning asosiy raqibi, muxolifatçilarning yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğli esa 44,88 foiz ovoz töplagani ma’lum bölgan. «ATA alyans»i partiya bloki nomzodi Sinan Öğan 5,17 foiz ovoz bilan uçinçi bölgan.
Turkiyadagi saylovlarda davomat 88,92 foiz, xorijda — 52,69 foizni taşkil etgan.

Birinçi turda ğolib çiqiş uçun nomzodlardan biri 50 foizdan ortiq ovoz olişi talab etilardi.














