Lukaşenko uy hayvonlarini yaxşi köradi — uning fermasida zotli otlar va sigirlar, eçki va qöylar, quşlar, şu jumladan, tuyaquşlar va muşuklar yaşaydi. Lekin uning Umkaga mehri boşqaça. Umka turli doiradagi uçraşuvlarda öz xöjayiniga hamrohlik qiladi. Belarus prezidenti faoliyatini yorituvçi “Pul pervogo” Telegram-kanalida ham u bilan boğliq 20 dan ortiq xabarlarni köriş mumkin.

Şpits zotiga mansub bölgan Umka birinçi marta 2020 yil 25 aprelda Lukaşenko bilan birgalikda Gomel viloyatidagi köçat ekiş tadbirida köriniş bergan.

Şundan söng Lukaşenkoning erkatoyi siyosiy davralarda ham tez-tez körina boşladi. 2021 yilning yanvar oyida Mogilyov viloyatining Aleksandriya qişloğida Lukaşenko va rossiyalik jurnalist Noila Askarzoda örtasidagi suhbat çoğida itning ovqat stolida bemalol yotganini köriş mumkin.

Öşa yilning may oyida Belarus rahbarining iti xalqaro darajada birinçi marta Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon bilan uçraşuvda iştirok etdi, şuningdek, "Ğarb-2021" Rossiya–Belarus qöşma strategik maşğulotlarida ham qatnaşdi.

2021 yilning sentabrida esa Umka birinçi “iş safari”ga çiqdi – u öz egasi bilan Tojikistonda bölib ötadigan KXŞT va ŞHT sammitida hamroh böldi. Söng u töğridan töğri prezident Imomali Rahmon qarorgohidagi stol ustida suratga tuşdi.

Bundan taşqari, oq şpits Lukaşenko bilan birgalikda Uzoq Şarqqa amaliy taşrif bilan borgan va 2022 yil aprel oyida delfinariyga, oktabr oyida esa Sankt-Peterburgdagi MDHning norasmiy sammitiga taşrif buyurgan. 2023 yilning yanvar oyida esa Umka BAAga taşrif buyurib, belaruslik tennisçi Arina Sobolenkoning Avstraliya oçiq çempionatidagi ğalabasini nişonlaşga, keyin esa mamlakat prezidenti bilan uçraşiş uçun Zimbabvega uçib ketişga muvaffaq böldi.