Lekin qanday qilib Turkiyada Rossiyadan farqli ölaroq, hamon raqobatli saylov imkonli bölib qolmoqda va saylov komissiyasi amaldagi prezidentga 70–80 foizlik raqamlarni çizib bermayapti? Javob oddiy: gap mamlakat yetakçisida emas, saylovçilarda.
Erdöğanni ikkinçi tur kutmoqda
Şunga qaramasdan, birinçi tur natijalarini uning ğalabasi deb hisoblaş mumkin. Barça ovozlar sanab çiqilganidan söng Erdöğan 49,5 foiz ovoz töplagani ma’lum böldi. Uning asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğli esa 44,89 foiz. Bu aslo muxolifat umid qilgan natija emasdi.
Sotsiologlar ham, Qiliçdoröğlining özi ham Erdöğanni birinçi turdayoq doğda qoldirişini ta’kidlaşayotgan edi. Lekin bu sodir bölmadi. Parlament saylovlarini-ku, asti qöyavering, Qiliçdoröğli boşliq alyans bor-yöği 35,1 foiz ovoz töpladi va bu 600 kişilik parlamentda 213 örin degani. Erdöğanning Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakçilik qilayotgan blok esa 49,4 foiz ovoz töpladi — bu yaqin 5 yilda hukmron partiya özini bemalol his qilişi uçun yetarli hisoblanadi.
Sönggi oylarda ekspertlarning aksariyati saylovlarga ta’sir ötkazişi mumkin bölgan ikkita omilga köproq töxtalişdi.
Birinçisi — bu iqtisodiy tanazzul. Turkiya bilan boğliq holatda Erdöğanning iqtisodiy siyosatga izçil bölmagan qaraşlari va markaziy bankka ta’sir ötkazişlari ortidan qöldan yaratildi.
Ikkinçisi — fevraldagi zilzilalar. Hattoki hukumatga yon bosuvçi naşrlar ham vayronkor zilzilalar saylovoldi kampaniyasini «ofatgaça» va «ofatdan söng»ga ajratib yuborganini tan olişdi: ön minglab odamlar qurbon böldi, millionlab kişilar boşpanasidan ayrildi. Bu körguliklarning barçasi an’anaviy tarzda Erdöğanni qöllovçi viloyatlarda röy berdi. Amaldagi prezident bu qadar qurbonlar röy berganini quruvçilarning vijdonsizligiga ağdardi, muxolifat esa barçasiga Erdöğanning korrupsiyasi aybdor deb turdi.
Lekin birinçi tur yakunlariga qarab, hamma e’tiborsiz qoldirgan yana bir muhim omil örtaga çiqqaniga guvoh böliş mumkin. Aftidan, Erdöğan saylov iqtisodiyot uçun emas, milliy özlik uçun bölganiga saylovçilarni işontira olgan. Muxolifat uçun bu juda yomon xabar.
Real ovozlar: Erdöğanni mamlakatning yarmi qöllaydi
Erdöğanni avtoritarizmda, jamiyatning barça jabhalari ustidan nazorat, hokimiyat tizginini öz qöllariga jamlaş, korrupsiya va taniş-bilişçilik hukmron bölgan tizimni yaratişda (haqli ravişda) ayblaşadi. Kimnidir eslatib yubormayaptimi?













