Yiliga 59 kilogramm loviya
Kamroq göşt iste’mol qiliş ekologok özgarişlarga ijobiy ta’sir körsatadi. Qanday qilib? Gap şundaki, göşt uçun tobora köproq hayvon boqilişi, tuproq sifati yomonlaşuvi, örmonlar kesilişi va karbon gazlar köpayişiga sabab böladi. Şuning uçun dunyo göşt örnini bosuvçi mahsulotlar haqida köproq öylayapti. Şunday mahsulotlardan biri loviya. Xöş, nega odamlar köproq loviya yeyişi kerak?
Loviyalar oqsilga boy, yetiştirişga qulay va hatto tuproqni yaxşilaşga xizmat qiladi. Eng muhimi u göştlardan arzon va şuning uçun ham dunyoda loviyaga qiziqiş ortib boryapti. Bu qiziqiş 2028 yilgaça loviya iste’moliga talabni 2 barobar oşirib yuborişi kutilyapti. Şunday bölsa ham hali loviyaning ahamiyatini tuşunib uni köp iste’mol qiliş ommalaşmagan. Masalan, AQŞda bir kişi örtaça 3,5 kilogramm, Buyuk Britaniyada 5,44 kilogramm va Ruanda, Brundi kabi mamlakatlarda 59 kilogramm iste’mol qilinadi. Loviya va dukkaklilarning ommalaşmagani sababi töğri pişiriş yöllarini hamma bilavermasligida ham bölişi mumkin.
“Beans: A History” kitobi muallifi Ken Albala hozir dunyoda turli kompaniyalar göşt örnini bosuvçi oqsillar haqida qayğurayotganini aytadi.
“Töğri, heç kim sevib iste’mol qilayotgan hamburger yoki tovuq oyoqçalaridan voz keçişni istamaydi. Lekin loviyaning har tomonlama foydasi uçun şunday qilsa böladi”, – deydi u.
Yerni yaxşilaydi va oqsili köp
Insoniyatning yutuği bu – loviya mavjud bölgan va uni bugun qayta ixtiro qiliş şart emasligida. Lekin göştga bölgan talab sabab loviyani oşxona va restoran menyularidan doimiy örin olişini ta’minlaş qiyin. Our World in Data ma’lumotiga köra, dunyo qişloq xöjaligi yerlarining 77 foizida mol, tovuq va çöçqa yetiştiriladi. Va şuning özi dunyodagi 37 foiz oqsilni ta’minlab beradi. Loviyada esa teskarisi: qişloq xöjaligi yerlarining 23 foizida yetiştiriladigan loviya dunyodagi oqsilning 63 foiziga töğri keladi.
Loviya uçun mol, tovuq va qöy göştiga qaraganda kamroq yerdan foydalaniladi















