2023 yil 1 dekabrdan Respublikada kuçli zilzilalar haqida erta ogohlantiriş milliy tizimi bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi. Mazkur milliy tizim doirasida Özbekiston va unga çegaradoş hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.
Zilzila öçoğiga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuçli (5 va undan yuqori balli) tebranişlar aniqlanganda “Kuçli zilziladan ogohlantiriş” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuçli zilzila kuzatilişi töğrisida tezkor xabarnoma yuboriladi.
2023 yil 1 avgustdan: “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oşiriş elektron platformasi” işga tuşiriladi; suv omborlarida işlovçi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oşiriş va birlamçi tahlil qiliş böyiça har 2 yilda malakasini oşiriş amaliyoti yölga qöyiladi.
2024 yil 1 yanvardan seysmik faol zonalarda joylaşgan şaharlarning boş rejalari loyihalarini tegişli hududlarning seysmik mikrohududlaştiriş xaritalariga asoslangan holda işlab çiqiş amaliyoti joriy qilinadi. Hududlarning seysmik mikrohududlaştiriş xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan işlab çiqiladi.
2023 yil 1 iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining körsatkiçlarini örganiş işlari taşkil etiladi.
2023/2024 öquv yilidan bosqiçma-bosqiç maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim bosqiçlarining amaldagi ta’lim dasturlariga Zilzila vaqtida töğri harakatlaniş qoidalari kiritiladi.












