Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 13 may kuni soat 15:30 larda sodir bölgan.

Samarqand şahar Rudakiy mahallasi hududidan ötuvçi Beruniy-Gagarin avtomobil yölida Isuzu avtobusi yöldan harakatlanib ötayotgan 59-son «Nurli maskan» imkoniyati çeklanganlar maktab-internati öquvçisi 2004 yilda tuğilgan Q.D.ni urib yuborgan.

Oqibatda, tan jarohati olgan Q.D. şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2023 yil 15 may kuni şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, halok bölgan Q.D. Surxondaryo viloyatidan bölib, Samarqand şahridagi imkoniyati çeklanganlar maktabida tahsil olgan.

Hodisa sodir bölgan kuni u şerigi bilan dökondan narsa olib keliş uçun maktab hududidan köçaga çiqqan.

Ma’lumot uçun imkoniyati çeklanganlar tahsil oluvçi «Nurli maskan» maktab-internati viloyat IIB tomonidan otaliqqa olingan.